Levandovski va Kristensen birga “Barsa”dan bir jamoaga o‘tishi mumkin

  • 15 noyabr, 11:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyaning Haberler nashri ma’lumotiga ko‘ra, Superliganing eng qudratli klublaridan hisoblangan “Fenerbahche” klubi “Barselona”ning ikki futbolchisiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Manbaga binoan, turklar  “Barselona”ning tajribali hujumchisi Robert Levandovski va Andreas Kristensenga jiddiy qiziqyapti. Polshalik forvard Kataloniyada qolish niyatini bildirgan bo‘lsa, daniyalik himoyachi jamoani o‘zgartirishga tayyor.

Turk klubi Levandovskini hamkorlik qilishga ko‘ndirish uchun uning agentlari bilan aloqaga chiqdi. Ekspertlar 37 yoshli hujumchi fikrini o‘zgartirishi mumkinligini ta’kidlayapti.

Har ikki o‘yinchining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunida tugaydi. Klub rahbariyati ularga yangi shartnoma taklif qilmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!