Levandovski va Ronaldu bir jamoada to‘p tepishi mumkin

  • 10 mart, 2022, 13:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" jamoasi yozda super transferni amalga oshirishi mumkin. "Bild" nashrining xabar berishicha, klub "Bavariya"dan Robert Levandovskini xarid qilmoqchi. 

Tecno

"Qizil iblislar" polyakning shartnomasi yakuniga etayotganidan xabardor. Shu bois, ular hujumchini kelasi mavsum erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. 

Futbolchi Myunxendan ketishga qarshi emas. Biroq u "Real" Madrid klubiga o‘tishni istayapti.  

Ma’lumot o‘rnida, Robert Levandovski ushbu mavsum Bundesliganing 25 bahsida 28 gol va 1 assist egasiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!