Levandovskini ortda qoldirishni maqsad qilgan Immobile, izma-iz kelayotgan Ronaldu va Messi: “Oltin butsa-2020” da’vogarlari

  • 2 iyul, 2020, 18:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya muddatidan avval, Bundesliga esa boshqalardan erta chempionatni yakunladi. Kuchli beshlikning qolgan ligalarida kurash eng qizg‘in pallaga kirgan. Quyida “Oltin butsa”ga da’vogarlik qilayotgan 20 ta futbolchi va ularning imkoniyatlarini baholashga harakat qilamiz:

Tecno

1. Robert Levandovski (“Bavariya”) – 68 ochko (34 gol)

Polshalik hujumchini XXI asrning ikkinchi dekadasidagi eng sermahsul to‘purarlar qatorida tilga olsak bo‘ladi. Uni hanuz ushbu sovrinni qo‘lga kiritmaganiga Bundesliga aybdordek. Faqat mana shu chempionatda turlar soni 34 ta.
Shu jihatdan, 68 ochko Levandovskini amalda peshqadam maqomida ushlab turgan bo‘lsa-da, aslida uning o‘rni xavf ostida. Chunki qolgan ligalarda to‘p suruvchi raqobatchilarda hali uni quvib o‘tish imkoniyati mavjud.

robert-lewandowski-bayern-2019_15mrwptc8jjjb1dd2expyyxhpn

2. Chiro Immobile (“Latsio”) – 58 ochko (29 gol)

Jamoasi kabi italiyalik hujumchi ham joriy mavsumda ajoyib o‘yin namoyish etmoqda. Rimliklar “Yuventus”ni Skudetto uchun kurashda ta’qib etayotganidek, Chiro ham polshalik raqibini izma-iz quvib kelmoqda.
Uning baxtiga Bundesliga o‘z yakuniga etib ulgurdi va “Latsio” yana 9 ta turda maydonga tushadi.

ciro-immobile-bologna-lazio_ijguxxw4s0wj111zjzs18ebqw

3. Timo Verner (“RB Leyptsig”) – 56 ochko (28 gol)

“Chelsi” safiga ko‘chib o‘tishi Vernerning kelajakdagi faoliyati uchun yaxshi qadam bo‘lgandir. Ammo futbolchi ajoyib o‘tayotgan ushbu mavsumning eng cho‘qqisini qurbon qilishga majbur.
Germaniyada chempionat yakunlandi va endi u Londonga ketaversa ham bo‘ladi. Uchinchi pog‘ona Timo uchun maksimum natijaga aylanadi. Katta ehtimol bilan yaqinda bu o‘rinni boshqa to‘purarlarga boy beradi.

timo-werner-rb-leipzig-2019-20_wf6b11wns2fd1nxsh5busuv9s

4. Erling Xoland (“Borussiya” Dortmund) – 50 ochko (29 gol)

Xoland o‘tgan yilning sentyabridan to hozirgi kungacha mashhurlik zinapoyasini birma-bir bosib keldi. Kelgusida hikoya qilib berishga arzirli mavsum o‘tkazdi. “RB Zaltsburg”da mavsumni boshlagan futbolchining sermahsul o‘yiniga bildirilgan shubhalar Dortmundga ko‘chib o‘tgach butkul yo‘qqa chiqdi.
Yuqoridagi ikkita ligadoshi kabi Xoland mana shu ochko bilan qoladi. Endi uni kelgusi mavsumdagina kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
*Xolandning Avstriya Bundesligasida kiritgan gollariga (16) 1,5 ochkodan berilgan.

erling-haaland-borussia-dortmund-2019-20_1ng7jdt83fs351b2ufdi648dcg

5. Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”) – 48 ochko (24 gol)

Golning chiroyi ham inobatga olingan taqdirda Ronaldu “Jenoa”ga urgan goli uchun yana ikki ball qo‘shib olishi kerak edi. Ammo qoidalarda gol penaltidan uriladimi, yoki 30 metr uzoqlikdan – baribir bir xil ochko berilishi aytilgan.
Ta’qibchining printsipialligi ham Ronalduni kelgusi turlarda yaxshiroq harakat qilishga undashi tabiiy.

cristiano-ronaldo-juventus-2019-20_1exat7c6l3u0v1jyjlcwva3jhb

6. Lionel Messi (“Barselona”) – 44 ochko (22 gol)

6 karra “Oltin butsa” sohibiga aylanib rekord qo‘ygan futbolchi ettinchi bor ham ushbu sovrinni qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi.
Kelgusi o‘yinlarda “Barsa” g‘alaba qozonishga majburligini inobatga olsak, Messidan yana bir nechta gol kutishga haqlimiz. So‘nggi turlarda gol urishni uddalay olmagan argentinalik futbolchi 700-golini “Atletiko” darvozasiga penaltidan kiritdi. Endi buyog‘iga osonroq bo‘lsa kerak.

lionel-messi-barcelona_w6xzjvk2jmhs1v92z9mc6xofg

7. Shon Vayssmen (“Volfsberg”) – 40,5 ochko (27 gol)

Isroillik forvard Avstriya Bundesligasida Xoland ketganidan so‘ng eng yaxshi to‘purarga aylanib oldi. Afsuski, ushbu liga kvalifikatsiya jihatidan biroz pastroq toifadagi ligalar tasnifiga kiradi.
Vayssmenning haqiqiy kuchiga u kuchliroq ligalarda harakat qilgan taqdirdagina baho bera olishimiz mumkin. Futbolchi 24 yoshda. Demak, umid qilsa bo‘ladi.

shon-weissman-wolfsberger-2019-20_8i64gor15g851lhd8c53sphqh

8. Romelu Lukaku (“Inter”) –38 ochko (19 gol)

Lukaku “Inter”da ikki xissa kuch bilan harakat qilmoqda. U Manchesterdagilarga o‘z darajasini ko‘rsatib qo‘yishi lozim. “Breshiya” “nerradzurilar” tomonidan yanchib tashlangan o‘yinda Lukaku dastlabki daqiqalardan maydonda bo‘lganida bormi?!

romelu-lukaku-inter-2019_1fxi0wfyvx1a910ii4l5293dhs

9. Per-Emerik Obameyang (“Arsenal”) – 38 ochko (19 gol)

“Norvich”ga qarshi bahsni o‘zining benefisiga aylantirib yuborgan gabonlik forvard premer-liga to‘purarlari ro‘yxatida ancha muddat yakkahukmronlik qilgan Jeymi Vardiga etib oldi.
Shu paytgacha uning ketishini bong urayotgan ingliz saytlari bir kechada o‘z fikrlarini o‘zgartirdi. Endi u qolar emish...

pierre-emerick-aubameyang-arsenal-2019-20_16a0u8nfg4h641kymmus000oib

10. Jeymi Vardi (“Lester”) – 38 ochko (19 gol)

Mavsum boshidagi “Lester” va uning etakchisi Jeymi Vardi barchani 2015/2016 yilgi mavsumga qayta sayohatga olib boradigandek ko‘ringan edi. Ammo hozir vaziyat o‘zgardi. Endi “tulkilar” uchinchi o‘rinni jon holatda quchoqlab turibdi. Vardi esa anchadan beri gol urmay qo‘ygan.

jamie-vardy-leicester-city-2019-20_9zdnovwjdwfs1ks7n0xgwwqpy

11. Killian Mbappe (PSJ) – 36 ochko (18 gol)

Frantsiya futbol boshqarmasi milliy chempionatni to‘xtatish barobarida PSJ etakchilarini yil nominatsiyalaridan quruq qoldirdi. Parijliklar chempion deb e’lon qilingan bo‘lsa ham, bundan zarracha quvonmadi, nazarimizda. Vanihoyat, EChL chorak finaliga chiqishni uddalagan Tuxel shogirdlari avgustda yakunlab qo‘yiladigan chempionatga tayyorgarliksiz va o‘yin amaliyotisiz etib borishi mumkin.

kylian-mbappe-psg-paris-saint-germain-2019-20_1jxl07jcunl3i1x4ivhgh29k5c

12. Denni Ingz (“Sautgempton”) – 36 ochko (18 gol)

Ushbu mavsumda “Sautgempton” jami 41 ta gol kiritib ulgurdi. Ingz ushbu gollarning teng yarmida ishtirok etgan: 18 ta gol va 2 ta assist. “Liverpul”da o‘yini chiqmagan va balki, unga joy topilmagandi.

danny-ings-southampton-2019_104kr5ioc1z2q1nsi5ink7rhc3

13. Vissam Ben Yedder (“Monako”) – 36 ochko (18 gol)

Mbappe Frantsiyada to‘purarlik unvonini olgach Ben Yedderdan uzr so‘rab post qo‘ydi. Darhaqiqat, monakoliklar safida frantsuz forvardi ajoyib harakat qildi. Afsuski, jamoa evrokuboklardan chetda qoladigan bo‘ldi. Shu jihatdan, evromaydonda Ben Yedderning transferi haqida mish-mishlar yuribdi.

wissam-ben-yedder-monaco-2019-20_ioe7sof1qp3q1slb0es08gos1

14. Patson Daka (“RB Zaltsburg”) – 36 ochko (24 gol)

Xolandning transferidan so‘ng zaltsburgliklarning “ishongan tog‘i”ga aylangan Daka ham kelgusi mavsumdan boshqa chempionatda ko‘rinish bersa ajab emas. 21 yoshli futbolchining xizmatlariga, ayniqsa, Germaniyadan qiziqishlar bor.

patson-daka-salzburg-2019-20_a3npuyeo0th01xur3r4y8yvkl

15. Muhammad Saloh (“Liverpul”) – 34 ochko (17 gol)

“Liverpul”ning har qaysi futbolchisi uchun ushbu mavsumda premer-liga chempionligidan-da a’loroq mukofot yo‘q edi. Mersisaydliklarda jamoaviy o‘yin falsafasi yaxshi shakllantirilgan. Yurgen Klopp yaqqol individlarni xushlamaydi. U uchun Minaminodan tortib Van Deykkacha bir xil darajada.

mohamed-salah-liverpool-2019-20_y9urmcczr6ez13ztyvmdnfu10

16. Karim Benzema (“Real”) – 34 ochko (17 gol)

Restartdan keyin Benzemaning o‘yini ochilib ketdi. “Qirollik klubi” chempionlikni qo‘lga kiritgan taqdirda g‘alabaning eng katta omillaridan biri frantsiyalik hujumchi bo‘ladi. U Ronaldu ketganidan so‘ng bergan va’dasining ustidan chiqmoqda: madridliklar hujumida etakchilikni o‘z qo‘liga ola bildi.

karim-benzema-real-madrid-2019-20_10zjw04ff904s1ddrz35z2umyp

17. Jeydon Sancho (“Borussiya” Dortmund) – 34 (17 gol)

Sanchoning asosiy funktsiyasi assistlar. Ammo shu bilan bir qatorda gollar ham urib turadi. O‘zi o‘tkazgan ajoyib mavsumga nisbatan jamoaviy hisobda pastroq natijalarni qo‘lga kiritdi. “Golden Boy” sovriniga eng asosiy favoritlardan hisoblangan ingliz yarim himoyachisi ushbu yozda APLga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarlar so‘nggi vaqtlarda avj oldi.

jadon-sancho-borussia-dortmund-2019-20_44o2da2f07r31xf5ug39i7hup

18. Joau Pedru (“Kalyari”) – 34 ochko (17 gol)

Joriy mavsumdagi “Kalyari”ning eng etakchi futbolchilaridan biri hisoblangan Joau 17 ta gol urishga erishdi. Ochig‘i, Naingolan va Pedru jamoada yaxshi juftlikni yarata oldi. Deyarli tengdosh bo‘lgan ushbu ikki futbolchi kelgusi mavsum ham jamoada qolsa, kattaroq natijalarga erishishi mumkin.

joao-pedro-cagliari-sampdoria-serie-a_1s1yqeuzauesl12inzhz4r8vhx

19. Serxio Aguero (“Manchester Siti”) – 32 ochko (16 gol)

Aguero ushbu poygada kurashdan chiqqandek. Sababi, futbolchi jarohat tufayli yana bir muddat maydonga tusha olmaydi. Liga yakunlanishiga esa sanoqli turlar qolmoqda. “Shaharliklar” afsonasiga aylanib ketgan futbolchi necha yildirki, ushbu sovrinni qo‘lga kirita olmaydi. Uning top darajadagi futbolchi ekanligiga shubha yo‘q. Ammo eng muhim pallalardagi jarohatlar uni doim to‘xtatib qoladi.

sergio-aguero-manchester-city-2019-20_vpuaswrgznes1r13mcm9ahxl6

20. Mussa Dembele (“Lion”) – 32 ochko (16 gol)

“Seltik”dan ketib frantsuz klubi safiga qo‘shilish Dembelega foyda keltirdi. U Lyakazettdan keyin jamoa to‘purari va etakchisiga aylanib oldi. Ammo ushbu mavsumda Mussa 16 ta gol bilan cheklanishga majbur bo‘ldi. Balki, yana bir qadam oldinga tashlash vaqti kelgandir.

 

Abdulvosid Valixonov tayyorladi

Bartomeu Kataloniyada "qariyalar uyi" tashkil etmoqchimi?

Levandovski o‘z o‘rnida, Ronaldu Messini ortda qoldirdi: “Oltin to‘p”ga da’vogarlarning yangilangan reytingi

Retrosport. Afsonaviy “nemis mashinasi”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!