Levandovskining "Barselona"dagi kelajagi so‘roq ostida

  • 13.05.2026 17:30
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Robert Levandovskining "Barselona" bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralari to‘xtatildi. Bu haqida insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.

Avvalroq kataloniyaliklar 37 yoshli hujumchiga hozirgidan ancha kam maosh taklif qilishga tayyorligi va uni jamoaning asosiy figuralaridan biri sifatida ko‘rmayotgani haqida ma’lumot tarqalgan edi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi yozda klubni tark etishga yaqin turibdi. Agar yangi taklif bo‘lmasa, Levandovski erkin agent sifatida jamoadan ketadi.

Futbolchiga Saudiya Arabistoni klublari hamda MLS jamoalari qiziqish bildirmoqda. Italiya klublari ham Robertni tarkibiga qo‘shib olishni istamoqda, ammo transfer narxini juda yuqori deb hisoblamoqda.

Romanoning ta’kidlashicha, hozirgi vaziyatda Levandovskining "Barselona"da qolishi juda kam ehtimolga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!