Liem Rosenyor: "Futbolda to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri uslub yo‘q"

  • 02.03.2026 22:06
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" bosh murabbiyi Liem Rosenyor Arne Slotning Angliya Premier-ligasida standart vaziyatlar orqali urilgan gollar haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi.

Avvalroq "Liverpul" ustozi Arne Slot jamoalar standart holatlarga ortiqcha tayanaotgani sababli Premier-liga o'yinlaridan zavq olmayotganini aytgan edi.

"Menimcha, bu futbolning go'zalligi — golni turli usullarda urish mumkin. Men uchun o'yinning to'g'ri yoki noto'g'ri yo'li yo'q. Kecha burchak zarbasidan gol urganimizda muxlislarimizga uning qanday ko'rinishda bo'lgani farq qilmadi, deb o'ylayman. “Arsenal” muxlislari uchun ham jamoasining gollari qanday ko'rinishda bo'lgani muhim emas edi. Eng muhimi — g'alaba qozonish.

Burchak zarbalari haqida aytsam, mavsum yakunida jamoalar darvozabonlarga qanday ta'sir o'tkazayotgani va himoyada qanday joylashganini tahlil qilish kerak, deb o'ylayman. Nazarimda, bu ayrim jamoalarga nohaq ustunlik bermoqda", — dedi Rosenyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!