
Liga 1. "Lans"ning "Monpele"ga qarshi qaydnomasi e’lon qilindi
Bugun Frantsiya chempionati 15-tur uchrashuvlari start oladi.
Mazkur turda legionerimiz Abduqodir Husanov sharafini himoya qilayotgan "Lans" safarda "Monpele" mehmoni bo‘ladi. Ushbu o‘yin uchun "Lans"ning kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi va Husanov bu ro‘yxatda bor.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda lansliklar 22 ochko jamg‘irib, chempionat turnir jadvalida 6-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar