Liga 1. PSJ chempionlik uchun navbatdagi qadamni tashladi
Bugun Fransiya chempionatining 34-tur bahslari davom ettirildi.
Chempionlik uchun kurashda yetakchilik qilayotgan Parijning PSJ klubi oʻz maydonida "Nant" klubini qabul qildi. Uchrashuvning 13-daqiqasida poytaxtliklar vingeri Xvicha Kvaratsxeliya penaltiidan unumli foydalanib jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 37-daqiqaga kelib, Dezire Dué oradagi farqni ikkita oshirdi. Birinchi boʻlim shu hisob bilan yakunlandi. 2-taymning 5-daqiqasida gruziyalik futbolchi dublni rasmiylashtirib, hisobni yirik koʻrinishga keltirdi. Ŭyin yakuniga qadar tabloda hisob boshqa oʻzgarmadi va PSJ navbatdagi 3 ochkoni qoʻlga kiritdi.
- Fransiya - Liga 1
- Joriy Mavsum
PSJ
- Khvicha Kvaratskhelia 13'
- Désiré Doué 37'
- Khvicha Kvaratskhelia 50'
Tugadi
3
:
0
22.04.2026 22:00

Fikrlar