Liga Kubogining dastlabki chempioni "Paxtakor" haqida

  • 4 dekabr, 2019, 20:22
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonning eng mashhur jamoalaridan biri "Paxtakor" 1956-yil Toshkent shahrida tashkil topgan.

Tecno

Aynan 1956 yildan boshlab, 1991 yilgacha SSSRning turli darajali ligalarida 36 mavsumni o‘tkazgan.

1959 yildan boshlab klub, SSSRning Oliy ligasida ishtirok etdi. Aynan o‘sha davrlarda jamoaning eng yorqin yulduzi Gennadiy Krasnitskiy edi.

1962 yilda "Paxtakor" SSSR chempionatida 6-o‘rinni egalladi, lekin omad bardavom bo‘lmaydi va keyingi mavsumda klub Oliy ligani tark etdi. Klubni boshqarish uchun Aleksandr Abramov bosh murabbiy etib tayinlandi va 1964 yili jamoa Oliy ligaga qaytdi.

1967/68 yilgi mavsumda "Paxtakor" SSSRning kubogi finaliga qadar etib bordi.

1971 yilga kelib, jamoa yana 1-ligaga ravona bo‘ldi. Keyingi mavsum ya’ni 1972 yili birinchi liga chempionligi qo‘lga kiritilgan.

70-yillar oxiri "Paxtakor" super klubga aylanib, fantastik mavsumni o‘tkazayotganida, fojea yuz beradi. Jamoa aviahalokatga uchraydi. Bu butun SSSR uchun katta tragediyaga aylanadi.

Shundan so‘ng, boshqa jamoalardan futbolchilar tarkibga jalb qilindi. Lekin avvalgidek kuchli "Paxtakor" boshqa qaytmadi.

1980 va 1981 yilllarda jamoaga berilgan engillik be’jizga bo‘lmagani o‘z isbotini topdi.

Chempionatda 16 va 18-o‘rinlar egallandi. Bosh murabbiylik faoliyatini 1980 yilning o‘rtalarida boshlagan Ishtvan Sekech 1982 yil jamoani o‘z tarixidagi eng yuqori o‘ringa yana bir marta olib chiqdi.

Afsuski, sovrinli pog‘onalarga etish uchun 5 ochkogina etishmadi.

"Paxtakor" 1-liganing kubogini 2 marotaba qo‘lga kiritishga erishdi. Bu voqea 1988 va 1989 yillarda sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston mustaqilligidan so‘ng, "Paxtakor" O‘zbekistonning ilk chempionatidayoq shohsupaga ko‘tarildi. 1992-yilda bo‘lib o‘tgan bu chempionatda 17 ta klub ishtirok etdi. "Paxtakor"dan tashqari "Neftchi" ham ushbu mavsum chempion deb e’lon qilindi. Ular bir hil 51 tadan ochko jamg‘arishgan edi.

"Paxtakor" vakili Valeriy Kechinov 24 ta gol bilan mavsum to‘purari bo‘lgan edi.

Umumiy ko‘rinishda "Paxtakor" O‘zbekistonning 12 karra chempioni (1992,1998, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2012, 2014, 2015, 2019).

O‘zbekiston chempionatida vitse-chempionlik esa, "She’rlar" hisobida 6 ta (1993, 2001, 2008, 2009, 2010, 2018).

Ikki marotaba, 2011 va 2017-yillari bronza medallari sohibi bo‘lgan.

12 karra O‘zbekiston chempionligidan tashqari, huddi shuncha marotaba O‘zbekiston kubogini ham qo‘lga kiritgan ( 1993, 1997, 2000/01, 2001/02, 2002/03, 2004, 2005, 2006, 2007, 2009, 2011, 2019).

Kubok musobaqasi doirasida klub 3 marotaba finalda yutqazgan (1996, 2008, 2018).

O‘zbekistonning Oliy liga keyinchalik esa Superliga deb yuritilgan musobaqasida "Paxtakor" o‘zining eng yomon natijasini 1994 yilda qayd etgan. O‘shanda, jamoa turnir jadvalining 8-pog‘onasida joy olgan.

Hamdo‘stlik kubogida 2007 yili "Paxtakor" chempionlikni tantana qildi. Finalda Latviyaning "Ventspils" klubiga qarshi qiyin kechgan o‘yinda hisob ochilmagan - 0:0. Penaltilar seriyasida "Paxtakor"ning yosh darvozaboni qahramolik ko‘rsatdi. Penaltidan to‘p tepib gol urgan Jo‘raev raqib posboni 11 metrlik nuqtadan bergan zarbasini qaytardi va "Paxtakor" penaltilar seriyasida 9:8 hisobi bilan g‘alabaga erishdi.

2008 yilgi Hamdo‘stlik kubogida "Paxtakor" amaldagi chempion sifatida finalgacha bordi. Bu safar finalda Ozarbayjonning "Xazar Lenkoran" klubi qarshilik qildi va "Paxtakor" 3:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Osiyo chempionlar ligasida umumiy saralash bosqichlardagi ishtiroklarni ham hisoblasak, toshkentliklar 19 marotaba ushbu musobaqada qatnashishgan.

Eng yahshi natijasi 2 marotaba 2002/03 va 2004 yillari yarim finalgacha borishgan.

2002/03 yilgi yarim finalda Tailandning o‘sha paytlardagi kuchli jamoasi "Bek Tero Sasano", "she’rlar"ga raqiblik qilishdi. Mehmonda 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan Toshkentning "Paxtakor" klubi o‘z uyida 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ammo bu finalga chiqishga etarli bo‘lmagan.

2004 yilda esa Janubiy Koreyaning "Seongnam Ilva Chunma" klubi "Paxtakor"ga raqibi bo‘ldi.

Mehmonda 0:0 hisobini qayd eta olgan "Paxtakor" o‘z muxlislari ko‘zi o‘ngida 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, finaldan ketma-ket ikkinchi bor mosuvo bo‘ldi.

Ushbu turnirda "Paxtakor"ning eng yomon natijasi deb, 2 ta mavsumni ko‘rsatish mumkin. Bular: 1999/2000 yilgi mavsumda Qozog‘istonning "Irtish" klubiga qarshi 1-bosqich o‘yinida, mehmonda 0:7 hisobi bilan mag‘ub bo‘lgan. Toshkentda kechgan javob o‘yinida "She’rlar" 5:2 hisobida g‘alaba qozondi va musobaqani erta tark etdi.

2018 yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi saralash o‘yinida esa jamoa Qatarning "Al-Garafa" klubiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

2007 yilgi mavsumda "Qizilqum" ustidan 11:0 hisobida g‘alaba qozongan va ushbu natija "Paxtakor"ning O‘zbekiston chempionatida eng yirik g‘alabasi bo‘lib tarixda qolgan.

1995 yili "MXSK", 2002 yili esa "Nasaf va "Neftchi" klublariga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan toshkentliklarning, bu O‘zbekiston chempionati tarixidagi eng yirik mag‘lubiyatlaridur.

Jamoada Murod Aliev eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchidur. Uning hisobida 231 ta uchrashuv mavjud.

Klub tarixidagi to‘purar esa Igor Shkvirin. U "Paxtakor" libosida raqib darvozabonlarini 66 marotaba ranjitgan.

Bir mavsumda eng ko‘p gol urgan futbolchi bu Anvar Soliev. O‘zbek futbol muhlislariga "sehrli tayoqcha" nomi bilan mashhur bo‘lgan Soliev 2005 yilgi mavsumda 29 ta gol urishga erishgan.

Klub tarixida ko‘plab futbolchilar to‘p surishgan va yana ko‘plab futbolchilar "Paxtakor jamoasida to‘p surish orzusida bo‘lishgan.

E’tiboringizga jamoa safida to‘p surgan eng mashhur futbolchilarni havola etamiz.

SSSR davrida:

Birodar Abduraimov, Gennadiy Krasnitskiy, Stanislav Stadnik, Yuriy Pshenichnikov, Vladimir Fyodrov, Mixail An, Valeriy Varyushin, Valeriy Glushakov, Gennadiy Denisov, Sergey Dotsenko, Abdusamat Do‘rmonov, Evgeniy Jukov, Yuriy Zagumennix, Igor Ivanov, Marat Kabaev, Ginteras Kvitkaukas, Valeriy Kechinov, Vladimir Kobzev, Andrey Yakubik, Aleksey Petrushin, Xoren Oganesyan, Andrey Pyatnitskiy, Aleksandr Yanovskiy, Vasilis Xadzipanagis (Gretsiya).

Mustaqillikdan so‘ng:

Mirjalol Qosimov, Aleksandr Geynrix, Jafar Irismetov, Andrey Akopyants, Odil Ahmedov, Pavel Bugalo, Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov, Timur Kapadze, Igor Shkvirin, Oleg Shatskix, Zayniddin Tojiev, Farhod Tojiev, Kamoliddin Tojiev, Leonid Koshelev, Baxtiyor Ashurmatov, Ilhom Sharipov, Nikolay Shirshov, Vladimir Shishelov, Egor Krimets, Jaloliddin Masharipov, Doston Hamdamov, Aleksandr Hvostunov, Akmal Holmatov (Tojikiston), Artur Gevorkyan, Gochguli Gochguliev (ikkisi Turkmaniston), Qayrat O‘taboev (Qozog‘iston), Gintaras Kvitkaukas, Virginyus Baltaushnikas (ikkisi Litva), Vladislav Lyutiy, Sergey Mayboroda (ikkisi Ukraina), Irakliy Klimiashvili, Kahi Maharadze (ikkisi Gruziya), Yuritsa Bulyat (Xorvatiya), Boyan Miladinovich, Milorad Yanush, Dragan Cheran, Milan Nikolich (barchasi Serbiya), Marko Simich , Darko Markovich, Sanibal Oraxovats, Adnan Oraxovats (barchasi Chernogoriya), Dushan Savich (Makedoniya), Gidi Kanyuk (Isroil), Naoya Sibamura (Yaponiya), Rostin Griffits (Avstraliya), Tiago Bezerra, Fabio Pinto (ikkisi Braziliya), Ismoil Gonsalvesh (Gvineya-Bisau) Benedikt Opara, Uche Ixeruome (ikkisi Nigeriya).

Barcha davrlarda "Paxtakor"ni ko‘plab murabbiylar boshqarib borishgan. Ularni e’tiboringizga havola etamiz:

1956 Valentin Bextenev.
1957 Yuriy Xodotov.
1957-1959 Lev Olshanskiy.
1960-1963 Aleksandr Keller.
1964 Aleksand Abramov.
1965-1966 Mixail Yakushin.
1967 Boris Arkadev.
1968 Evgeniy Eliseev.
1969-1970 Mixail Yakushin.
1971 Aleksandr Keller.
1971 Gennadiy Krasnitskiy.
1972-1975 Vyacheslav Solovev.
1975 Gavriil Kachalin.
1976 Anatoliy Bashashkin.
1976 Gennadiy Krasnitskiy.
1977-1979 Aleksandr Kochetkov.
1979 Oleg Bazilevich.
1980 Sergey Mosyagin.
1981-1985 Ishtvan Sekech (Vengriya).
1985-1986 Viktor Tixonov.
1987-1988 Birodar Abduraimov.
1989 Viktor Nosov.
1990-1991 Fyodor Novikov.
1992 Axrol Inoyatov.
1993 Bahodir Ibragimov.
1994 Rustam Akramov.
1994 Axrol Inoyatov.
1994 Vitaliy Suyunov.
1995-1996 Xans Verel (Gollandiya).
1996-1997 Aleksandr Ivankov.
1998-1999 Ubiraja Veyga da Silva (Braziliya).
2000 Aleksandr Ivankov.
2001-2002 Sergey Butenko (Rossiya).
2002 Viktor Jalilov.
2003-2006 Tachmurod Agamurodov (Turkmaniston).
2006 Valeriy Nepomnyashiy (Rossiya).
2006-2007 Ravshan Haydarov.
2008-2009 Viktor Jalilov.
2010 Miodrag Radulovich (Chernogoriya).
2010-2011 Ravshan Haydarov.
2012 Deyan Jurjevich (Serbiya).
2012-2014 Murod Ismoilov.
2014-2015 Samvel Babayan.
2015 Aleksandr Grigoryan (Rossiya).
2015-2016 No‘mon Xasanov.
2016-2017 Grigoriy Kolosovskiy.
2017 Ravshan Haydarov.
2017 Jasur Abduraimov.
2017 yildan boshlab Shota Arveladze (Gruziya).

Sovet davrida "Paxtakor"ning asosiy printsipial raqibi Qozog‘istonning kuchli jamoasi "Qayrat" klubi edi. "Paxtakor" va "Qayrat" jamoalarining o‘zaro to‘qnashgan har uchrashuviga katta qiziqishlar bilan qaralardi. Ushbu uchrashuv "O‘rta Osiyo derbisi" deb atalardi. "O‘rta Osiyo derbisi"ga yuqori sifat va e’tibor bilan tayyorgarlik ko‘rilardi. Mustaqillikdan so‘ng, jamoalar rasmiy o‘yinlarda o‘zaro to‘qnash kelishmadi. Gohida o‘rtoqlik o‘yinlarini tashkil etib turishdi holos.

Sovet davrida "Qayrat"dan tashqari, O‘rta Osiyoning boshqa bosh jamoalari Dushanbening "Pomir" va Bishkekning "Olg‘a" jamoalari "Paxtakor"ning printsipial raqibi sifatida sanalardi.

Mustaqil O‘zbekiston davrida "O‘zbek El-Klassikosi" nomini olgan "Paxtakor" va "Neftchi" jamoalari o‘yiniga qiziqish yuqori bo‘lib ulgurdi. Bu uchrashuvda muhlislar tomonidan ajiotaj kuzatilardi.

Tahminan 15 tacha mavsumda bu ikki klub katta bo‘lmagan tanaffuslar bilan birinchi va ikkinchi o‘rinlarni band etaverishdi.

2000 yillarning o‘rtalariga kelib, Toshkent gegemonligi boshlandi, "Neftchi"ning esa natijalari tushib ketdi. Shu sababli ham Toshkent derbisi muhim o‘yinga aylandi.

2005 yilda Toshkentda "Quruvchi" jamoasi tashkil etildi. 2008 yilda "Quruvchi" nomini "Bunyodkor"ga o‘zgartirgan klub Oliy ligadagi ilk mavsumdanoq chempionlik uchun kurashdi va 2008 yildan 2011 yilgacha ketma-ket chempionlikka erishdi, "Paxtakor" esa vitse-chempionlik va bronza medallar bilan cheklandi. Ko‘plab etakchi futbolchilar "Paxtakor"ning asosiy raqibiga aylanib ulgurgan "Bunyodkor" jamoasiga o‘tib ketaverishdi. Akademiyasi yahshi yo‘lga qo‘yilgan "Paxtakor" o‘zining yangi yulduzlarini kashf etib, o‘z tarbiyalanuvchilari bilan O‘zbekiston chempionatida munosib qarshilik ko‘rsatib, o‘z mavqeyini saqlab qola oldi.

Rivojlanishlardan so‘ng, Toshkentning yana bir klubi "Lokomotiv" ham 2012 yildan boshlab, sovrinlar yuta boshladi va hattoki, 2016 yilda o‘zining ilk chempionligini ham tantana qilishga ulgurdi. Shu tariqa "Toshkent derbilari" yanada qiziqarli tus ola boshladi.

"Paxtakor" klubini har hil nomlar bilan atashdi: "She’rlar", "Xalq jamoasi", "sariq-ko‘klar"...

Mustaqillikdan oldingi sovet davrlarida "paxtakorlar" deb ham atashardi, ya’ni ruscha talqin bilan "Xlopkorobi" deb nomlashgan.

"Paxtakor"ning shubhasiz eng kuchli davri 70 yillarning ohiriga to‘g‘ri keladi. Aviahalokatga uchragan jamoani hech qachon muhlislar unutishmaydi. 1979 yili Toshkent - Minsk yo‘nalishi bo‘ylab Oliy liganing navbatdagi tur o‘yiniga uchib ketayotgan "paxtakorlar" samolyotda 17 kishi edilar:

Ravil Agishev, Mixail An, Olim Ashirov, Sirojiddin Bozorov, Konstantin Bakanov, Yuriy Zagumennix, Shuhrat Eshbo‘taev, Aleksandr Korchenov, Nikolay Kulikov, Vladimir Makarov, Sergey Pokatilov, Vladimir Sobirov, Idgay Tazetdinov (Murabbiy), Mansur Tolibjonov (Administrator), Vladimir Fyodrov, Vladimir Chumakov (Doktor), Viktor Churkin.

Ushbu halokatdan so‘ng, jamoa tarkibiga tashrif buyurgan futbolchilar va ular qaysi klublardan kelishganining ro‘yhatini e’tiboringizga havola etamiz:

Renat Fayruzov ("Avtomobolist", Termiz)

Vladimir Karman ("Aktyubinets", Aktyubinsk)

Andrey Yakubik ("Dinamo", Moskva)

Pyotr Vasilevskiy ("Dinamo", Minsk)

Sergey Strashnenko ("Karpati", Lvov)

Anatoliy Solovev ("Lokomotiv", Moskva)

Aleksandr Maltsev ("Metallurg", Tula)

Vladimir Enns ("Neftyanik", Farg‘ona)

Nuritdin Amriev ("Pomir", Dushanbe)

Sergey Bashkirov ("Spartak", Moskva)

Valeriy Glushakov ("Spartak", Moskva)

Zurab Tsereteli ("Torpedo", Kutaisi)

Vladimir Nechaev ("Chernomorets", Odessa)

Vladimir Bondarev (TsCKA, Moskva)

To‘ra Shoymardonov ("Yangier", Guliston)

Vyacheslav Kim ("Yangier", Guliston)

Yuriy Churkin (SKA, Rostov-na-Donu).

Hozirgi kunda "Paxtakor" klubining prezindenti Bobur Shodievdur. Klub bosh direktori esa Dmitriy Adisman.

Jamoani Gruziyalik Shota Arveladze boshqarib kelmoqda. u murabiylik qilayotgan davrda jamoa mazmunli o‘yinlar namoyish qila olmoqda.

35,000 muhlisni o‘z bag‘riga bosa oladigan "Paxtakor Markaziy Stadioni" ko‘p yillar davomida klub o‘yinlarida ancha huvillab qoldi. so‘ngi bor 2000 yillar oxirlarida "Bunyodkor" klubi bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarda muxlisar stadionni to‘ldirib o‘tirishardi. Terma jamoa o‘yinlaridan tashqari, boshqa o‘yinlarda "Paxtakor Markaziy Stadioni" to‘lmay qo‘ygandi. Shota Arveladze boshchilik qilishni boshlab jamoa o‘yinlariga mazmun kira boshlagach, muxlislar stadionlarga kela boshlashdi. Ayniqsa OChL musobaqasi doirasida guruh o‘yinida, "Al-Sadd" klubi o‘zi bilan Jahon yulduzi Xavini olib kelgan uchrashuvda o‘z muxlislarini sog‘ingan "Paxtakor"ning stadionida o‘zgacha atmosferani muxlislar ko‘rsatib bera olishdi.

Yurtimizda ilk bor o‘tkazilga Liga Kubogi musobaqasining birinchi chempioni sifatida Toshkent jamoasi tarixga kirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухарский
04/12/2019 20:45
Buyuk Tarix!!! ajoyib trebl bilan Paxtakorni va muxlislarini tabriklayman!
Utkir Holboev
14/12/2019 00:42
Uzbekistonda chinpion faqat