Lima 2 o‘yinga,”Surxon” a’zosi 3 o‘yinga chetlatilgan bo‘lsa, “Andijon” futbolchisi jarima to‘laydi! Tartib-intizom qo‘mitasi yana kimlarni jazoga tortdi?

  • 2 iyun, 2023, 09:03
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.

Tecno

Superliga

“Metallurg” — “Nasaf”

Superliganing 10-turi doirasidagi “Metallurg” — “Nasaf” uchrashuvning 86-daqiqasida “Nasaf” futbolchisi Mateus Lima Kruz raqib o‘yinchisining ko‘krak qismiga qo‘li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Mateus Lima Kruzga (“Nasaf”) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

OKMK — “Andijon”

Superliganing 10-turi doirasidagi OKMK — “Andijon” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Andijon” futbol klubi futbolchisi Eldor Adxamov tribuna osti yo‘lakchasida xavfsizlik tartibiga rioya qilmasdan, jamoat tartibini saqlash uchun mas’ul bo‘lgan xodimlarga nisbatan hurmatsizlik qilib, provokatsion harakatlar qilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Eldor Adxamovga (“Andijon”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Surxon” — “Metallurg”

Superliganing 11-turi doirasidagi “Surxon” — “Metallurg” uchrashuvning 12-daqiqasida “Metallurg” futbolchisi Ergash Ismoilov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisini oyog‘iga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

O‘yinning 25-daqiqasida “Surxon” futbolchisi Kamron Saidazimov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisini bosh qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Ergash Ismoilovga (“Metallurg”) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi, Kamron Saidazimovga (“Surxon”) nisbatan esa 3 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Qizilqum” — “Olimpik”

Superliganing 10-turi doirasidagi “Qizilqum” — “Olimpik” uchrashuvning 44-daqiqasida “Qizilqum” futbol klubi futbolchisi Ifeani Ifeani to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisini tana qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Ifeani Ifeaniga (“Qizilqum”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Andijon” — “Turon”

Superliganing 12-turi doirasidagi “Andijon” — “Turon” uchrashuvning 34-daqiqasida “Turon” klubi futbolchisi Bilolxon Toshmirzaevga ko‘rsatilgan qizil kartochka Intizom kodeksining 5.61-bandiga asosan O‘zFHMning Ekspert hakamlar komissiyasi bilan kelishilgan holda bekor qilindi.

O‘zbekiston kubogi

“Qizilqum” — “Lokomotiv”

O‘zbekiston Kubogining 2-guruh bosqichi doirasidagi “Qizilqum” — “Lokomotiv” uchrashuvning 11-daqiqasida “Qizilqum” futbol klubi futbolchisi Humoyun Abdualimov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisini oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Humoyun Abdualimovga (“Qizilqum”) nisbatan 4 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Pro liga

“Dinamo plyus” — “Qo‘qon-1912”

Pro liganing 9-turi doirasidagi “Dinamo plyus” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Qo‘qon-1912” futbol klubi bosh murabbiyi Muxsin Nizamitdinov o‘yindan keyingi matbuot anjumanida tasdiqlanmagan, noto‘g‘ri ma’lumotlar berib, raqib jamoaga hamda muxlislarga hurmatsizlik qilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Muxsin Nizamitdinovga (“Qo‘qon-1912”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi

“Lokomotiv” — “Mash’al”

Pro liganing 9-turi doirasidagi “Lokomotiv” — “Mash’al” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Lokomotiv” futbolchisi Marat Bikmaev hamda “Mash’al” futbolchisi Otar Javashvili bir-biriga nisbatan tajovuzkor harakat qilib, mushtlashib ketgani hamda ommaviy tartibsizlik vujudga keltirgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Marat Bikmaev va Otar Javashviliga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Sho‘rtan” — “Xorazm”

Pro liga musobaqasining 10-turi doirasidagi “Sho‘rtan” — “Xorazm” uchrashuvning 33-daqiqasida “Sho‘rtan” jamoasi futbolchisi Hojiakbar Yunusov raqib o‘yinchisining yuz qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan hamda uchrashuv yakunlangandan bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Hojiakbar Yunusovga (“Sho‘rtan”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“G‘ijduvon” — “Dinamo plyus”

Pro liga musobaqasining 10-turi doirasidagi “G‘ijduvon” — “Dinamo plyus” uchrashuvning 90+2-daqiqasida “Dinamo plyus” futbol klubi futbolchisi Hazratjon Tursunqulov zaxira o‘rindig‘idan turib, yordamchi hakamga nisbatan tajovuzkor harakat qilib, elim idish uloqtirgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Hazratjon Tursunqulovga (“Dinamo plyus”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Birinchi liga

“Nasaf farm” — “Olimpik farm”

Birinchi liga musobaqasining 4-turi doirasidagi “Nasaf farm” — “Olimpik farm” uchrashuvning 19-daqiqasida “Nasaf farm” jamoasi futbolchisi Jahongir Shermatov raqib o‘yinchisining yuz qismiga qo‘li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Jahongir Shermatovga (“Nasaf farm”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Yangiyo‘l” — “Shahrixonchi”

Birinchi liganing 6-turi doirasidagi “Yangiyo‘l” — “Shahrixonchi” uchrashuvining 90+1-daqiqasida “Shahrixonchi” jamoasi futbolchisi Saidibrohim G‘ulomjonov to‘psiz vaziyatda raqib o‘yinchisini son qismiga zarba bergan uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Saidibrohim G‘ulomjonovga (“Shahrixonchi”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Yangier quruvchi” — “Olimpiya”

Birinchi liganing 6-turi doirasidagi “Yangier quruvchi” — “Olimpiya” uchrashuvining 75-daqiqasida “Yangier quruvchi” jamoasi futbolchisi Xurshid Asqaraliev uchrashuv to‘xtatilgan vaqtda zaxira o‘rindig‘ini tark etib, maydonga chiqqan holda raqib o‘yinchisini bo‘yin qismidan bo‘g‘ib, tajovuzkor harakat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Xurshid Asqaralievga (“Yangier quruvchi”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Nasaf farm” — “Paxtakor-79”

Birinchi liganing 6-turi doirasidagi “Nasaf farm” — “Paxtakor-79” uchrashuvning 56-daqiqasida “Paxtakor-79” jamoasi futbolchisi Shohruhmirzo Ahmadaliev raqib o‘yinchisining elka qismiga qo‘li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Shohruhmirzo Ahmadalievga (“Paxtakor-79”) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Qumqo‘rg‘on-1977” — “Lokomotiv BFK”

Birinchi liga musobaqasining 7-turi doirasidagi “Qumqo‘rg‘on-1977” — “Lokomotiv BFK” uchrashuvining 82-daqiqasida “Qumqo‘rg‘on-1977” jamoasi futbolchisi Ovolabi Shola to‘psiz vaziyatda raqib o‘yinchisini ko‘krak qismiga bosh bilan qasddan zarba bergan uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Ovolabi Sholaga (“Qumqo‘rg‘on-1977”) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Yangier quruvchi” — “Olimpiya”

Birinchi liganing 6-turi doirasidagi “Yangier quruvchi” — “Olimpiya” uchrashuvi bo‘yicha video-material kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 75-daqiqasida “Olimpiya” jamoasi futbolchisi Muhammad Mansurov o‘yin vaqtida to‘pni atayin qo‘lga olib, raqib o‘yinchisiga nisbatan tajovuzkor harakat qilib ommaviy tartibsizlik vujudga keltirgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Muhammad Mansurovga (“Olimpiya”) nisbatan mazkur qaror chiqqan kundan boshlab 3 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

U-19 chempionati

“Turon U-19” — “Neftchi U-19”

U-19 chempionatining 4-turi doirasidagi “Turon U-19” — “Neftchi U-19” uchrashuvining 71-daqiqasida “Turon U-19” jamoasi futbolchisi Samandar Sodiqov hamda “Neftchi” jamoasi futbolchisi Martavali Turg‘unovlar bir-birlarini bo‘yin qismidan bo‘g‘ib tajovuzkor harakat qilganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Samandar Sodiqov (“Turon U-19”) va Martavali Turg‘unovga (“Neftchi U-19”) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“G‘ijduvon U-19” — “Buxoro U-19”

U-19 chempionatining 5-turi doirasidagi “G‘ijduvon U-19” — “Buxoro U-19” uchrashuvning 71-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Muhammad Muhammadiev bosh hakam sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Muhammad Muhammadievga (“Buxoro”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Qizilqum U-19” — “Metallurg U-19”

U-19 chempionatining 5-turi doirasidagi “Qizilqum U-19” — “Metallurg U-19” uchrashuvning 82-daqiqasida “Metallurg U-19” jamoasi futbolchisi Muhammadyusuf Orifjonov ikkinchi sariq kartochka olgan va hakam sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatgan. O‘yinning 90+4-daqiqasiga kelib “Metallurg U-19” klubi murabbiyi Dilshod Navruzov ham bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgan va maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Muhammadyusuf Orifjonovga va Dilshod Navruzovga (“Metallurg U-19”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Surxon U-19” — “Bunyodkor U-19”

U-19 chempionatining 5-turi doirasidagi “Surxon U-19” — “Bunyodkor U-19” uchrashuvning 85-daqiqasida “Bunyodkor U-19” jamoasi murabbiyi Timur Boboxonov texnik zonani tark etib, yordamchi hakamga e’tiroz bildirgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Timur Boboxonovga (“Bunyodkor U-19”) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

Ayollar Oliy ligasi

“OKMK-W” — “So‘g‘diyona-W”

Ayollar Oliy ligasi 7-turi doirasidagi “OKMK-W” — “So‘g‘diyona-W” uchrashuvining 64-daqiqasida “So‘g‘diyona W” jamoasi murabbiyi Sherali Boboqulov bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Sherali Boboqulovga (“So‘g‘diyona-W”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Neftchi-W” — “Paxtakor-W”

Ayollar Oliy ligasi 7-turi doirasidagi “Neftchi-W” — “Paxtakor-W” uchrashuvning 90+2-daqiqasida “Paxtakor-W” jamoasi futbolchisi Aynur Daulboeva raqib o‘yinchisining oyog‘iga qasddan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Aynur Daulboevaga (“Paxtakor-W”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarga murojaat qilib, har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, og‘ir-vazmin va professional bo‘lishga chaqiramiz. Shu o‘rinda Sizlar o‘sib kelayotgan yoshlar uchun o‘rnak-namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib o‘tamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!