
"Lion" Moskvada o‘ynab yurgan futbolchini Frantsiyaga qaytarmoqchi
Moskvaning “Spartak” klubi himoyachisi Samuel Jigo faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishi mumkin.
L'Équipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 26 yoshli frantsiyalik futbolchining xizmatlariga “Lion”dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Lionliklarda Jigodan boshqa yana bir nechta markaziy himoyachilar varianti bor edi, ammo ular aynan “Spartak” futbolchisini tanlashdi.
“Spartak” Jigoni 2018 yil Belgiyaning “Gent” klubidan 8 mln evro evaziga sotib olgan edi. U joriy mavsum 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar