Lionel Messi urilmaydigan rekord o‘rnatib qo‘ydi

  • 15.07.2024 19:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

AQSh mezbonlik qilgan Amerika kubogi yana Argentina terma jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bosh sovrinni boshi uzra ko‘targan Lionel Messi urilmaydigan rekord qayd etdi. 37 yoshli futbolchi faoliyati davomidagi 45-sovrinni qo‘lga kiritdi.

Sovrin jamg‘arish bo‘yicha Lionel Messi 44 ta musobaqada g‘olib chiqqan braziliyalik Dani Alvesni ortda qoldirdi.

Bu borada uchinchi qatorda faoliyati davomida faqat “Al-Ahli” jamoasida to‘p tepgan misrlik yarim himoyachi Xossam Ashur qayd etilgan. U jami 39 ta sovringa ega chiqqan.

Lionel Messi Amerika kubogida to‘rtta uchrashuvda ishtirok etib, bittadan gol va golli pas muallifi bo‘ldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!