«Liverpool» 348 mln evrolik rekord shartnoma imzoladi

  • 08.09.2026 14:31
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Liverpool» matbuot xizmati klubning bosh homiysi o‘zgarganini ma’lum qildi. Yangi mavsumdan boshlab jamoa futbolkalardagi asosiy reklama o‘rnida Standard Chartered o‘rniga Turkish Airlines logotipini joylashtiradi.

 

Liverpool Echo nashri yozishicha, yangi kelishuv doirasida «Liverpool» taxminan 348 million yevro ishlab oladi. Bu Angliya premyer-ligasi tarixidagi eng yirik reklama shartnomalaridan biri sifatida qayd etilmoqda. Shu bilan birga, mersisaydliklar so‘nggi 17 yil ichida ilk bor bosh homiysini almashtirmoqda.

 

Joriy mavsumda «Liverpool» uchta uchrashuv o‘tkazib, besh ochko to‘pladi. Hozircha Andoni Iraola shogirdlari turnir jadvalidа oltinchi pog‘onadan joy olgan.

 

9 sentabr kuni «qizillar» Chempionlar ligasi birinchi turida o‘z maydonida «Atletiko» Madrid jamoasini qabul qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!