"Liverpool" anchadan beri kutayotgan yulduzni "Arsenal" tortib olmoqchi

  • 25.08.2026 10:12
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning «Arsenal» jamoasi PSJ tarkibida to‘p surayotgan yosh vinger Bredli Barkolani o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. 

Bu haqida CaughtOffside nashri xabar berdi.

Hozircha futbolchi bo‘yicha asosiy muzokaralarni «Liverpul» olib bormoqda. Biroq «qizillar»ni Barkola uchun belgilangan transfer narxi o‘ylantirib qo‘ygan. 

Parij klubi vingerni kamida 145 million funt evaziga qo‘yib yuborishga tayyor ekani aytilmoqda.

Shu sharoitda «Arsenal» muzokaralarga aralashishi mumkin. Avvalroq londonliklar yangi vinger izlayotgani haqida xabarlar tarqalgan, shu jumladan klubning Vinisiusga ham qiziqishi tilga olingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!