"Liverpool" Barkola bo‘yicha yangi taklif beradi
PSJning yosh vingeri Bredli Barkola transferlar bozorida «Liverpul»ning asosiy nishoni bo‘lib qolmoqda. Bu haqida futbol bo‘yicha insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Mersisayd klubi shu hafta Parij jamoasiga yangilangan rasmiy taklif yo‘llashni rejalashtirgan. Aytilishicha, Barkolaga «Arsenal» ham, noma’lum yana bir klub ham qiziqish bildirgan, ammo futbolchi uchun kurashda hozircha eng faol da’vog‘ar sifatida aynan «Liverpul» ko‘rsatilmoqda. Angliya klubi 23 yoshli fransuz futbolchisi bilan 2032 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma shartlarini oldindan kelishib olgani ta’kidlanmoqda.
Joriy mavsumda Barkola hali beror marta maydonga tushmadi. Qolaversa, u jamoaning so‘nggi ikki o‘yini uchun umuman qaydnomaga ham kiritilmadi.
28 avgust kuni PSJ Frantsiya chempionati 2-tur doirasida «Lill»ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar