"Liverpool" bozor yopilgunicha yana 2–3 futbolchi sotib oladi

  • 24.08.2026 19:11
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Liverpul» rahbariyati jamoa tarkibini kuchaytirish bo‘yicha ishlarni faol davom ettirmoqda. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda insayder Florian Plettenberg xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Mersisayd klubi transfer oynasi yopilguniga qadar yana ikki-uch yangi futbolchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirgan. 

«Qizillar» diqqat markazida hozircha ikki nom bor: PSJ yarim himoyachisi Bredli Barkola va «Brayton» safida harakat qilayotgan Yankuba Minte. Ushbu futbolchilar klub rahbariyati uchun asosiy transfer maqsadlari sifatida ko‘rilmoqda.

Yangi mavsum Angliya premyer-ligasining birinchi turida «Liverpul» safarda «Nyukasl» mehmoni bo‘ldi. Kurashlarga boy o‘tgan uchrashuv 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi.

Keyingi turda «qizillar» o‘z maydonida «Nottingem Forest»ni qabul qiladi. Bellashuv 29 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!