«Liverpool» PSJ vingeri Mbaye uchun kurashda bosh favoritga aylandi
Angliyaning mashhur klubi «Liverpul» fransuz grandi «PSJ» va Senegal terma jamoasi yarim himoyachisi, 18 yoshli vinger Ibraima Mbaye uchun kurashda peshqadamga aylandi, deb xabar bermoqda Sports.kz nashri Football Insider manbasiga tayanib.
Ma'lumotlarga ko‘ra, mersisaydliklar futbolchiga bo‘lgan qiziqishini allaqachon rasmiy bildirgan va yaqin haftalar ichida muzokaralarni jadalashtirishni rejalashtirmoqda. «PSJ» yosh iqtidorni yuqori baholaydi, biroq hujum chizig‘ida katta raqobat mavjudligi sababli, mos taklif tushsa, uni sotish variantini ko‘rib chiqishi mumkin. Mbayening parijliklar bilan amaldagi shartnomasi yana ikki yil davom etadi, shu bilan birga, u yangi bitim imzolashi kutilmayapti.
Senegallik futbolchi uchun kurashda «Liverpul»ga dortmundlik «Borussiya», «Bayer», «Manchester Siti» va «Aston Villa» kabi klublar raqobat qiladi. Mbaye hozirga qadar «PSJ» tarkibida 42 o‘yin o‘tkazgan, Senegal milliy terma jamoasida esa 15 marta maydonga tushgan.

Fikrlar