"Liverpool" tarkibni nemis hujumchisi bilan kuchaytiradi

  • 06.08.2026 23:28
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Liverpul» yozgi transfer oynasida «Nyukasl» va Germaniya terma jamoasi hujumchisi, 24 yoshli Nik Voltemadeni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. CaughtOffside nashrining yozishicha, mersisaydliklar hujum chizig‘ini kuchaytirish bo‘yicha bir qator nomzodlarni o‘rganayotgani, ular orasida nemis forvardi alohida e’tiborga tushgani aytilmoqda.

Manbaga ko‘ra, Voltemadening joriy transfer oynasida «Nyukasl»ni tark etishi ehtimoli juda yuqori. Klub rahbariyati ham, futbolchining o‘zi ham barcha tomonlarni qoniqtiradigan kelishuvga tayyor ekani qayd etilmoqda.

 Nik Voltemade 2025 yil yozida «Shtutgart»dan «Nyukasl»ga 75 million yevro evaziga o‘tgan edi.

O‘tgan mavsumda hujumchi «qarğalar» safida 51 o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Transfermarkt portali Voltemadening hozirgi bozor qiymatini 55 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!