«Liverpool» va «Arsenal» 70 mln yevro turadigan himoyachi uchun kurashmoqda
«Aston Villa»ning markaziy himoyachisi Ezri Konsa yaqin vaqtlarda Angliya premyer-ligasining yetakchi jamoalariga o‘tishi mumkin.
The Touchline nashri ma’lumotiga ko‘ra, «Liverpul» va «Arsenal» 28 yoshli futbolchi uchun kurashga tayyorlanmoqda. Ikkala klub ham yozgi transfer oynasidan foydalanib, himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirgan.
Shu bilan birga, manbalar ta’kidlashicha, «Aston Villa» Konsani osonlikcha qo‘yib yubormoqchi emas. Bir qator xabarlarda keltirilishicha, birlashma 70 million evroidan kam takliflarni ko‘rib chiqmasligi aytilmoqda. Bu esa ehtimoliy xaridorlar uchun jiddiy moliyaviy to‘siq bo‘lishi mumkin.
Ezri Konsa o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarni hisobga olganda 48 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi. Shuningdek, u 46 marta asosiy tarkibda maydonga tushgan, faqat 2 o‘yinda zahiradan maydonga kiritilgan. Bu ko‘rsatkichlar himoyachining jamoadagi o‘rni qay darajada muhim ekanini ko‘rsatib turibdi.

Fikrlar