"Liverpool" va "Milan"da o‘ynagan yulduz 32 yoshida futboldan ketdi

  • 29.08.2026 14:07
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Suso ijtimoiy tarmoqlarda professional futbolchi sifatida faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.

32 yoshli yarimhimoyachi bu qarorni o‘zining tarbiyasiga katta hissa qo‘shgan «Kadis» jamoasidagi mavsumdan so‘ng qabul qildi.

Suso muxlislarga, avvalo, «Liverpul», «Milan», «Sevilya», «Jenoa» va «Almeriya» tarkibidagi o‘yinlari orqali yaxshi tanish.

Hujumkor yarimhimoyachi karyerasi davomida Italiya Superkubogini qo‘lga kiritdi, shuningdek, Yevropa ligasida ikki bor g‘olib chiqdi.

Ispaniya milliy terma jamoasi safida esa u 2017–2019 yillar oralig‘ida 5 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!