"Liverpool" yulduzi jamoa uchun o‘ynashga tayyor emas

  • 28.08.2026 12:07
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Liverpul» yarim himoyachisi Federico Kyeza jarohat oldi. Bu haqida mersisayd jamoasi bosh murabbiyi Andoni Iraola ma'lum qildi.

«Kyeza hozircha maydonga tushishga tayyor emas. «Komo»ga qarshi nazorat uchrashuvida u jarohat oldi. Mushaklarida muammo bor. Yaqinda bo‘ladigan o‘yinda Federico ishtirok etolmaydi», – deya Iraolaning so‘zlarini klub matbuot xizmati keltiradi.

Angliya chempionati ikkinchi turi doirasida «Liverpul» o‘z maydonida «Nottingem Forest»ga qarshi bahs olib boradi. 

Uchrashuv shanba, 29 avgust kuni o‘tkaziladi.

Premyer-liganing yangi mavsumidagi ilk turda «qizillar» safarda «Nyukasl» bilan durang o‘ynagandi – 2:2.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!