"Liverpool" yulduzini chempion jamoaga berishga rozi bo‘ldi
«Liverpul» yarim himoyachisi Kёrtis Jons faoliyatini Italiya ning amaldagi chempioni «Inter» jamoasida davom ettiradi.
Milan klubi mersisaydliklar bilan futbolchini sotib olish bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tanilgan insayder Fabrizio Romano xabar berganidek, transfer qiymati 35 million yevroni tashkil etadi. «Inter» shuningdek, 25 yoshli angliyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini ham kelishib olgan.
Yaqin kunlarda yarim himoyachi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, shundan so‘ng tomonlar transferni rasmiylashtirishi kutilmoqda.
Kёrtis Jons «Liverpul» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va shu paytgacha butun professional faoliyatini aynan shu klub tarkibida o‘tkazgan. U jamoa safida 228 o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urgan va jamoadoshlariga 25 bor hal qiluvchi pas yo‘llagan.

Fikrlar