"Liverpul", "Tottenxem" va "Arsenal"ning maqsadi bir

  • 23 dekabr, 2022, 13:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" qishda "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Adrian Raboni o‘z tarkibiga qo‘shib olishi mumkin. Il Corriere dello Sport nashri xabariga ko‘ra, APL grandi frantsiyalik futbolchini yanvarda qo‘lga kiritishga harakat qilayotgan da’vogarlardan biri hisoblanadi.

Tecno

Qayd etilishicha, “Yuventus” Rabo uchun 10-15 million evro talab qilishi mumkin, chunki futbolchining shartnomasi 6 oydan keyin tugaydi. Ushbu futbolchining xizmatlariga “Liverpul”dan tashqari “Tottenxem” va “Arsenal” ham qiziqish bildirmoqda.

Rabo Frantsiya terma jamoasining jahon chempionatida asosiy yarim himoyachisi bo‘ldi va jamoaning finalgacha etib kelishiga munosib hissa qo‘shdi. U "Yuventus" safiga 2019 yil PSJdan  erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!