"Liverpul" 57 yillik natijasini takrorladi
Xabaringiz bor kecha "Liverpul" kecha UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich ilk turida o‘z maydonida PSJni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Ushbu g‘alaba esa mersisaydliklarning joriy mavsumdagi ketma-ket 6-g‘alabasi bo‘ldi. Boisi, ular bungacha APLning dastlabki 5ta turida ham 100 foizlik natija qayd etishgan edi.
E’tiborga molik jihati, “Liverpul”ning bunday g‘alabali seriyasi oxirgi marta 1961 yilda sodir bo‘lgan. Shundan buyon ular ketma-ket 6ta o‘yinda g‘alaba qozona olishmay kelayotgan edi.

Fikrlar