“Liverpul” Arne Slotga ishonmay qo‘ydi va muzokarani to‘xtatdi

  • 28.10.2025 13:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasining amaldagi chempioni “Liverpul” yangi chempionatni ketma-ket beshta g‘alaba bilan boshlaganiga qaramay, navbatdagi to‘rtta o‘yinda qatorasiga mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.

Bu inqiroz jamoa bosh murabbiyi Arne Slotning kelajagiga soya solmoqda.

Mersisayd klubi niderlandiyalik murabbiyni olib kelganida u bilan 2027 yilning yozigacha amal qiladigan shartnoma tuzgandi. Debyut mavsumdagi chempionlikdan keyin mutasaddilar Arne Slot bilan hamkorlik uzaytirish masalasida muzokara boshlab qo‘ygandi.

Jurnalist Jeyms Uotlendning ma’lum qilishicha, ketma-ket mag‘lubiyatlardan keyin klub xo‘jayinlari 47 yoshli murabbiy bilan muzokaralarni to‘xtatdi.

“Liverpul” rahbariyati Arne Slot bilan jiddiy suhbatlashib olganiga qaramay, murabbiyga bosim tobora oshib bormoqda.

Ekspertlarning aksariyati joriy mavsumda Arne Slot shogirdlari katta ehtimol bilan chempionlik unvonini himoya qila olmasligini ta’kidlayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!