"Liverpul" "Barsa" yulduzi bilan tarkibni kuchaytirmoqchi

  • 12 oktabr, 2021, 18:16
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Usman Dembele faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Sky Sports" nashri xabar bermoqda. 

Manbaning ma’lum qilishicha, "Liverpul" klubi 24 yoshli vingerning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Ayni damda frantsuz "ko‘k-anorranglilar" bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida emas. 

Ma’lumki, Dembeleni o‘z safiga qo‘shib olishni istovchi klublar etarlicha. Mersisayd klubidan tashqari "Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Yuventus" kabi jamoalar Usmanni o‘z tarkibida ko‘rishni xohlamoqda. 

Eslatib o‘tamiz, frantsiyalik futbolchining Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!