
"Liverpul" "Bavariya" yulduzini kuzatib bormoqda!
"Bavariya" vingeri Kingsli Koman faoliyatini Angliya Premer-ligasining top-klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Bild" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hujumkor yarim himoyachining xizmatlariga "Liverpul" klubi qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar futbolchini kuzatib borishmoqda, biroq hali muzokaralarni boshlamagan. Frantsiyalik futbolchining nemis grandi bilan shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi.
Joriy mavsumda 28 yoshli Koman Germaniya chempionatida 22ta o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining transfer qiymati 35 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar