Asosiy mazmunga oʻtish

“Liverpool” bu futbolchini ketkazganidan afsusda

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Aynan shu posbon yetishmayapti

Joriy mavsum chempionlik unvonini munosib himoya qila olmagan “Liverpul” rahbariyati darvozabon Kuivin Kelleherni o‘tgan yozda “Brentford”ga sotib yuborganidan pushaymon.

Kelleher 18 million funtga sotilgan va yangi klubida birinchi raqamli posbonga aylangan. U jamoasiga Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashda yordam bermoqda.

Shu bilan birga, “Liverpul”da ayni paytda darvoza chizig‘ida muammolar bor. Alisson Bekker tez-tez jarohat olyapti, katta umidlar bilan olib kelingan Georgiy Mamardashvili esa ishonchli o‘rinbosar bo‘la olmayapti.

TEAMtalk nashri ma’lumotiga ko‘ra, agar Alisson yozda “Yuventus”ga ketsa, klub yangi darvozabon uchun katta mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri keladi. Klub asosiy darvozabon sifatida “Portu”dan Diego Koshtani olib kelmoqchi.

Ekspertlar Kelleherni qo‘yib yuborish katta xato bo‘lganini ta’kidlamoqda. Chunki mahoratli darvozabonning jamoada bo‘lishi “Liverpul” muammolarini hal qilardi. Mersisaydliklar rahbariyati ham bu transfer xato bo‘lganini tan oldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q