"Liverpul" Chalxanogluning agenti bilan muzokara olib bormoqda

  • 28 may, 2021, 16:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kelasi oy “Milan” bilan shartnomasi yakuniga etadigan turkiyalik yarim himoyachisi Xakan Chalxanoglu jamoani tark etadi. Tomonlar o‘rtasida kelishuvni uzaytirish bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanmadi.

Tecno

27 yoshli futbolchiga Qatarning “Al-Duxayl” klubi unga super taklif bilan murojaat qilgan. Calciomercato nashrining xabar berishicha, ayni damda “Liverpul”  Chalxanogluning agenti bilan muzokaralar olib bormoqda. Biroq mersisaydliklar hozircha bu borada rasmiy taklif bilan chiqishmagan.

Chalxanogluga “Yuventus” ham xaridor bo‘layotgan edi. Ammo u bilan muzokara o‘tkazayotgan “keksa sinora” sport direktori Fabio Paratichi iste’foga chiqarildi.

Chalxanoglu joriy mavsum “Milan” safida jami 43 ta o‘yin o‘tkazdi va ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 9 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!