"Liverpul" Diogu Jota xotirasini qanday abadiylashtiradi?

  • 26.07.2025 15:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

3 iyul kuni Ispaniyada sodir bo‘lgan yo‘l-transport halokatida "Liverpul" hujumchisi Diogu Jota hamda uning akasi — Portugaliyaning "Penafiel" klubi a’zosi Andre Teysheyra da Silva halok bo‘ldi.

Klub ushbu fojiadan so‘ng futbolchi xotirasini abadiylashtirish uchun qator chora-tadbirlarni amalga oshirayotganini ma’lum qildi:

Muxlislar tomonidan "Enfild" atrofida qoldirilgan barcha yodgor buyumlar hafta mobaynida yig‘ilib, ular ehtiyotkorlik bilan ajratiladi va saqlanadi.

Qo‘yilgan gullar qayta ishlanib, klub ob’ektlarida kompost sifatida foydalaniladi.

Mural featuring Diogo Jota at the Halfway House pub, Liverpool, by local artist John Culshaw. The Liverpool and Portugal forward Jota and his brother...

Qolgan buyumlar maxsus kompaniya tomonidan qayta ishlab chiqilib, doimiy ravishda saqlanadigan xotira haykali yaratiladi. Bu haykal kelgusida "Enfild"da Jota xotirasining markaziy nuqtasiga aylanadi.

Shu bilan birga, stadion hududida muxlislar Jota xotirasini yodga olishlari uchun vaqtinchalik maydon tashkil qilindi.

"Liverpul" jamoasi butun mavsum davomida formalarda "Forever 20" — ya’ni "Abadiy 20" yozuvli maxsus logotip bilan o‘ynaydi. Bu uning raqami va yodgorlik ramzi sifatida tanlangan.

Klubning xayriya fondi Jota sharafiga ommaviy futbol dasturini ishga tushiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!