"Liverpul" Elliot bilan shartnomani uzaytirdi
"Liverpul" o‘zining rasmiy saytida angliyalik yarim himoyachi Xarvi Elliot bilan amaldagi shartnomani uzaytirgani haqida e’lon qildi.
Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 18 yoshli futbolchi mersisaydliklar bilan uzoq yillik shartnoma imzolagan. Ammo hozircha kelishuv qancha muddatga imzolangani va uning boshqa tafsilotlari oshkor etilmayapti.
Elliot o‘tgan mavsumni "Blekbern" safida ijarada o‘tkazgan edi. "Blekbern" Chempionshipni 11-o‘rinda yakunladi.
Xarvi 2019 yildan buyon "Liverpul" futbolchisi hisoblanadi. U o‘tgan davr mobaynida jamoa safida 9 ta o‘yinda maydonga tushgan va 1 ta golga assistentlik qilgan.

Fikrlar