
"Liverpul" etakchilaridan biri Italiya yo Ispaniyaga yo‘l olishi mumkin
Yarim himoyachi Jorjino Veynaldumning "Liverpul"dagi kelajagi so‘roq ostida turibdi. Bu haqda The Athletic nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 29 yoshli futbolchining mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan va tomonlar hozircha ushbu kelishuvni uzaytirish bo‘yicha hech qanday muzokaralar o‘tkazishmayapti.
Ushbu vaziyatni esa Ispaniya va Italiya klublari diqqa bilan kuzatishmoqda. Agar tomonlar yangi shartnoma imzolashmasa, ular Veynaldum masalasida “Liverpul”ga taklif bilan murojaat qilishadi. Tabiiyki, Angliya grandi ham futbolchini tekinga qo‘yib yubormaslik uchun uni sotib yuborishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Veynaldum joriy mavsum “Liverpul” safida 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urishga erishdi. Uning transfer narxi esa 50 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar