“Liverpool” yetakchisi “Galatasaroy”ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi

  • 09.03.2026 20:43
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 1
  • Futbol

"Liverpul"ning braziliyalik darvozaboni Alison Beker 10 mart kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadigan "Galatasaroy"ga qarshi Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final dastlabki o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Bu haqida The Times xabar bermoqda.

Futbolchi dushanba kungi mashg‘ulotlarda o‘zini noqulay his qilgan, mersisaydliklar darvozabonning sog‘ligini xavf ostiga qo‘ymaslikka qaror qilishdi. Jamoa darvozasiga navbatdagi o‘yinda Georgiy Mamardashvili maydonga tushishi kutilmoqda.

Joriy klub mavsumida 32 ta o‘yinda Beker 35 ta gol o‘tkazib yubordi va 12 marta "quruq" o‘ynadi. Transfermarkt sayti ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining ayni damdagi narxi 17 mln evroni tashkil qilmoqda. Braziliyalik futbolchi mersisaydliklar safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ADBLOCKER
09/03/2026 22:58
Hurmatli Sports.uz dasturchilari,
Saytingizdagi dark rejim funksiyasidan foydalanishda bir muammo kuzatildi. Dark rejim tugmasini bosib yoqqanimdan so‘ng, sahifadagi xabarni o‘qib bo‘lib boshqa xabarga o‘tsam, bosh sahifaga qaytsam yoki brauzerda bir qadam orqaga qaytsam — dark rejim o‘chib qolmoqda.
Foydalanuvchi sifatida, dark rejim bir marta yoqilgandan keyin boshqa sahifalarga o‘tilganda ham saqlanib turishi qulay bo‘lardi. Bu nafaqat ko‘zni asraydi, balki saytni yanada foydalanuvchi uchun qulay qiladi.
Shu sababli, dark rejim sozlamasini cookie yoki local storage orqali saqlab, foydalanuvchi boshqa sahifalarga o‘tganda ham u yoqilgan holatda qolishini ta’minlab berishingizni so‘rayman.
E’tiboringiz uchun rahmat.