"Liverpool" yetakchisi kelayotgan o'yinlarni o'tkazib yuboradi
Alisson Beker "Liverpul" va Braziliya terma jamoasining yaqinidagi oʻyinlarida ishtirok etmaydi.
"Liverpool Echo" maʼlumotiga koʻra, darvozabon sogʻliq bilan bogʻliq muammolar sabab "Brayton"ga qarshi APL oʻyiniga jamoa bilan birga bormadi. Uning oʻrnini Georgiy Mamardashvili egallashi kutilmoqda.
Shuningdek, Alisson Braziliya terma jamoasining Frantsiya va Xorvatiyaga qarshi uchrashuvlarini ham oʻtkazib yuboradi. Uning oʻrniga terma jamoa qaydnomasiга 'Korintians" darvozaboni Ugo Souza kiritildi.
Fikrlar