“Liverpul” Evropani zabt etgan futbolchini sotmoqchi
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” kelasi mavsum oldidan klub g‘aznasiga kirim qilish maqsadida o‘yinchilaridan birini sotib yuborishni mo‘ljallayapti.
The Athletic nashrining yozishicha, “qizillar” iqtidorli yarim himoyachi Xarvi Elliottni qo‘yib yuborishga qarshi emas. 22 yoshli futbolchi yaqinda Angliya terma jamoasi safida yoshlar o‘rtasidagi Evropa chempionatida ishtirok etib, qit’a chempionligiga sazovor bo‘ldi.
Endi Elliott bor e’tiborini klub miqyosidagi faoliyatiga qaratishga qaror qilgan. Manbaga ko‘ra, yarim himoyachi o‘ziga ko‘proq o‘yin amaliyoti beradigan va Evrpa Chempionlar ligasida muntazam ishtirok etadigan jamoaga o‘tish niyatida.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, Xarviga qiziqayotgan va uning talablarig mos tushadigan klub Bundesliga vakili “Leyptsig” ekani aytilmoqda.
“Liverpul” mutasaddilari bu o‘yinchini oladigan klubdan 50 million funt sterlingdan ortiq badal puli talab qiladi. Agar shartnomaga o‘yinchini qayta sotib olish huquqi qo‘shilsa, Angliya chempionlari o‘z futbolchisini 40 million funtga qo‘yib yuboradi.



Fikrlar