“Liverpool” fanatlari jamoaga yangi murabbiy tanlab berdi
“Liverpul” futbolchilari o‘tgan yilgi chempionlik unvonini munosib himoya qila olmaganidan tashqari Yevropa Chempionlar ligasini ham erta tark etgani bosh murabbiy Arne Slotning kelajagiga qattiq zarba bo‘ldi.
Endi deyarli hech kim klub rahbariyati Arne Slot bilan xayrlashishiga shubha qilmayapti. Ammo uning o‘rniga kim kelishi ko‘pchilikni qiziqtirayotgan va hozircha mavhum bo‘lib turgan masaladir.
Shu bilan birga, “Liverpul” muxlislarining o‘z favoriti bor. Ular forumlar va ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p ispaniyalik mutaxassis Andoni Iraola nomini tilga olmoqda.
Iraola bir necha mavsumdan beri “Bornmut”ni barqaror boshqarmoqda va joriy mavsum oxirida o‘z lavozimini topshirishini ma’lum qilgan.
Ta’kidlash joizki, Iraolaga Madridning “Real” klubi ham qiziqish bildirmoqda. Joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin “Qirollik klubi” ham yangi bosh murabbiy qidirishni boshlab yubordi.

Fikrlar