"Liverpul" frantsiyalik himoyachini qo‘lga kiritmoqchi

  • 11.10.2025 16:37
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Myunxenning "Bavariya" klubi markaziy himoyachisi Dayo Upamekano Angliyaga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda "Teamtalk" nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Frantsiya terma jamoasi a’zosiga amaldagi Angliya chempioni — "Liverpul" jamoasi jiddiy qiziqish bildirgan. Mersisaydliklar futbolchi bilan muzokaralarni qishki transfer oynasida boshlashni rejalashtirmoqda.

Upamekanoning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozida yakunlanadi. Joriy mavsumda himoyachi 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, bir golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Transfermarkt portali frantsuz futbolchisining bozor qiymatini 50 million evro deb baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!