“Liverpul” futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

  • 09.12.2022 21:54
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Roberto Firmino “Liverpul” bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin. Futbolchi Yurgen Klopp uchun muhim o‘yinchilardan biri. Buni inobatga olgan klub yaqin kunlarda unga yangi taklif bilan chiqadi, deya xabar bermoqda, “Football Insider” nashri.

Manbaning ta’kidlashicha, hujumching maoshi kamayishi mumkin. Firmino esa bunga rozi va o‘zi ham Mersisayd jamoasida qolishni istaydi.

30 yoshli futbolchi 2015 yildan buyon “Liverpul” sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!