"Liverpul" futbolchisi faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin

  • 21.12.2025 00:19
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" vingeri Rio Ngumoa faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin. 

Jurnalist Anfield Papers bergan ma’lumotga ko‘ra, 17 yoshli futbolchining xizmatlariga Dortmundning "Borussiya" klubi qiziqish bildirmoqda. "Asalarilar" Rioni qishda ijaraga olishni maqsad qilgan va allaqachon "Liverpul"ga taklif bilan murojaat qilgan. 
 
Ngumoaning hozirda transfer bozoridagi narxi 15 million evroga baholanmoqda. Uning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, angliyalik yosh iste’dod joriy mavsum Slot qo‘l ostida 8 ta uchrashuvda maydonda harakat qildi va 1 ta gol kiritishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!