
"Liverpul" futbolchisi faoliyatini qachon yakunlashini aytdi
"Liverpul" klubi yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum faoliyatini qachon yakunlashi haqida berilgan savolga javob berdi.
“Kelajakda o‘zimni Feyenoord, PSV yoki Rotterdamning “Sparta”sida ko‘raman. Men 3 ta golland klubida to‘p surganman va ularning barchasida ajoyib xotiralar qolgan, ammo bittasini tanlash kerak.
Faoliyatimni boshlagan “Sparta” bu borada eng yaxshi variant bo‘lgan bo‘lardi. Ammo, oldindan hech narsaga kafolat berolmayman. Masalan, Rud van Nistelroy ham faoliyatini o‘z vatanida yakunlashga va’da bergan edi. Biroq, keyinchalik u o‘z fikrini o‘zgartirdi. Umuman olganda esa uzoqroq o‘ynashni xohlayman. Hech bo‘lmaganda 38 yoshgacha o‘ynamoqchiman”, - deydi Veynaldum.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli Veynaldum “Liverpul” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 174 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 17 ta gol hamda 16 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilda nihoyasiga etadi.
Fikrlar