“Liverpul” futbolchisining ota-onasi qutqarildi. Otishmada qurbonlar bor

  • 29 oktabr, 2023, 17:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” futbolchisi Luis Diasning ota-onasi Kolumbiyada bir guruh bosqinchilar tomonidan o‘g‘rilab ketilgandi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, vaqea shanba kuni Barrankase shahrida ro‘y bergan. Futbolchining ota-onasi qarindoshlarini ko‘rish uchun ketayotganida yo‘lda yoqilg‘i quyish shahobchasida to‘xtaydi. O‘sha payt to‘rt nafar qurollangan shaxs mototsikllarda kelib ularga hujum qiladi va mashinasini tortib olib, noma’lum tomonga ketadi.

Politsiya olib borgan tezkor ishlar samarasida birinchi bo‘lib Luisning onasi qutqariladi. Bu haqda shaxsan Kolumbiya prezienti Gustavo Petro bayonot berdi.

Luisning otasini qutqarish ancha qiyin kechdi. Politsiya jinoyatchilar bilan otishma qilishga majbur bo‘ldi. Oqibatda to‘rt jinoyatchidan ikkitasi o‘ldirildi.

Politsiya kuchlari Luisning otasini ham qutqarishga muvaffav bo‘ldi.

“Liverpul” futbolchisi bo‘lib o‘tgan voqealarga hali munosabat bildirgani yo‘q.

26 yoshli Luis Dias 2022 yilning yanvaridan beri “Liverpul” sharafini himoya qilmoqda. U Kolumbiya terma jamoasi safida 43 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 9 marotaba ishg‘ol qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!