“Liverpool” grandlar kutayotgan o'yinchisini katta maosh bilan olib qolmoqchi

  • 13.03.2026 05:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” markaziy himoyachi Ibrohim Konateni jamoada saqlab qolishni qatʼiy maqsad qilgan.

CaughtOffside nashri  maʼlumotiga koʻra, mersisaydliklar fransuz futbolchisiga foydali shartnoma bergan va uning javobini tezroq olishni kutyapti.

Maʼlum qilinishicha, mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi yakunlanish arafasida turgan  26 yoshli Konate atrofidagi vaziyatni  “Real”, PSJ va “Inter” kabi superklublar diqqat bilan kuzatmoqda.

Bu klublar yozda yuqori darajadagi futbolchini erkin agent sifatida bepul qoʻlga kiritish imkoniyatidan unumli foydalanib qolmoqchi.

Konate “Liverpul”da beshinchi mavsumini oʻtkazyapti. Shu paytga qadar u “qizillar” safida 171 ta oʻyinda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!