
"Liverpul" gretsiyalik himoyachi uchun qancha sarflagani ma’lum bo‘ldi
Mersisaydliklar yozgi transferlar oynasidagi yurishini himoya chizig‘ini kuchaytirishdan boshladi. Bir necha soat avval "Liverpul" futbolchisi sifatida tanishtirilgan Kostas Tsimikas uchun jamoa bonuslar bilan 11,75 mln funt-sterling sarf etgan.
Shuningdek, Yurgen Klopp ham yangi shogirdi haqidagi ilk fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Biz Kostasni anchadan buyon kuzatib kelayotgandik. Uning safimizdan o‘rin olishi bizni quvontirdi. Chempionat boshlanishi oldidan bu juda ajoyib yangilik. U juda ajoyib futbolchi. Doim kurashga shay va unda g‘oliblik mentaliteti bor. Bu aynan bizning jamoamiz uchun kerakli jihat", - dedi liverpulliklar bosh murabbiyi.
Fikrlar