"Liverpul" hujumchisi bilan shoshilmasdan qaror qabul qilmoqda

  • 01.06.2025 14:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Hozircha klub 28 yoshli kolumbiyalik futbolchi Luis Dias bo‘yicha hech qanday rasmiy taklif olmagan.

Jurnalist Pipe Serraning xabariga ko‘ra, "qizillar" uni sotishdan ko‘ra, shartnomasini uzaytirishni afzal ko‘rishmoqda. Agar Dias bilan kelishuvga erishilmasa, unda uning transferi masalasi ko‘rib chiqiladi.

Futbolchining o‘zi shartnomani uzaytirish imkoniyatini inkor etmayapti, biroq Saudiya Arabistoniga ko‘chish va agar imkon bo‘lsa, "Barselona"ga o‘tish g‘oyasiga ham ochiq munosabatda.

Transfermarkt portali Diasni 70 million evroga baholagan. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!