
"Liverpul" hujumchisi Madridga ko‘chib o‘tishi mumkin!
"Liverpul" markaziy hujumchisi Darvin Nunes faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Madridning "Atletiko" klubi urugvaylik hujumchiga qiziqish bildirmoqda. Shartnoma yozgi transferlar oynasida amalga oshishi mumkin. Darvinning bozor qiymati 50 million evroga baholanmoqda va uning mersisaydliklar bilan shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.
Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli hujumchi joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 25ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U "qizillar" tarkibida 2022 yildan buyon o‘ynab kelmoqda.
Fikrlar