"Liverpool" "Inter" himoyasiga ko‘z tikdi
"Inter"ning chap qanot himoyachisi Federico Dimarko "Liverpool" qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqida "The Touchline" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 28 yoshli italyalik futbolchi "qizillar"ning asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi. Futbolchining o‘zi ham ehtimoliy transferga qarshi emas va Angliya chempionatida kuchini sinab ko‘rishni istamoqda.
Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, Federico Dimarkoning transfer qiymati 50 million evroni tashkil qiladi. Uning "Inter" bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi.
Qishki transfer oynasida himoyachiga "Manchester Yunayted" klubi ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda Dimarko "Inter" safida barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 15 ta golli uzatma mualliflik qildi.
Fikrlar