“Liverpul” manchesterliklarning katta transferini barbod qilmoqchi bo‘ldi

  • 11.08.2024 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” himoya chizig‘idagi kamchiliklarni yopish uchun “Bavariya”dan birdaniga ikki himoyachi – Matteys de Ligt va Nusser Mazrauini transfer qilishni rejalashtirgandi. 

Manchesterliklar bosh murabbiy Erik ten Xagning “Ayaks”da birga ishlagan sobiq shogirdlari transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. De Ligt masalasi ijobiy hal bo‘ldi. 

Biroq “Liverpul” Matteys de Ligt transferini barbod qilishga urinib ko‘rgan. 

Football Insider nashrining ma’lum qilishicha, “Liverpul”ning yangi bosh murabbiyi Arne Slot himoya markazida Virjil van Deyk yonida uning hamyurti Matteys de Ligt o‘ynashini istagan edi.

“Bavariya” 24 yoshli himoyachini yozda klublar ketadigan o‘yinchilar ro‘yxatiga qo‘shgandi. Myunxenliklar bu vaziyatdan maksimal foyda chiqarish ilinjida manchesterliklarning bir necha takliflarini rad etib kelayotgandi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!