
“Liverpul” Manega o‘rinbosar bo‘ladigan futbolchilar “short-listi”ni tuzib chiqdi
"Liverpul" rahbariyati Sadio Mane yozgi transfer oynasi vaqtida jamoani tark etsa, uning o‘rniga kelishi mumkin bo‘lgan nomzodlar ro‘yxatini tuzib chiqdi.
"Daily Mail" nashri xabariga ko‘ra, "qizillar" senegallik forvardni sotish orqali kamida 40 million evro ishlab topishni mo‘ljallamoqda. Transferdan tushgan pulga esa, yangi hujumchi sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.
Manbaning qo‘shimcha qilishicha, Mane o‘rniga nomzodlar ro‘yxatidan "Bavariya" vingeri Serj Gnabri, "Chelsi" yarim himoyachisi Kristian Pulishich, "Vilyarreal" futbolchisi Arno Danjuma va "Uotford"ning ikki hujumchisi Joau Pedro hamda Ismoil Sarr joy olgan.
Gnabrining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi tugashiga bir yil qoldi. Ammo u "nemis mashinasi" bilan yangi bitim borasida kelisha olmadi. Ingliz klubi uchun Kristian Pulishichni sotib olish moliyaviy tomondan qiyin kechishi mumkin. Arno Danjuma, Ismoil Sarr va Joau Pedro kabilar mersisaydliklarning “B” rejasiga kiritilgan.
Fikrlar