
“Liverpul” Muhammad Saloh bo‘yicha yakuniy qarorga keldi
Misrlik hujumchi Muhamad Salohning “Liverpul” bilan hamkorlik shartnomasi kelasi mavsum oxirida yakuniga etadi.
Klub mutasaddilari 32 yoshli to‘purar yangi bitim tuzmagan taqdirda ham bu yoz uni sotib yubormaslikka qaror qildi.
Muhammad Salohni Saudiya Arabistoni klublari bir yildan beri o‘z safiga chorlab kelmoqda. Ular afrikalik futbolchini mamlakatda eng katta maosh oladigan o‘yinchiga aylantirishga tayyor.
“Liverpul”ni qabul qilib olgan yangi bosh murabbiy Arne Slott klub xo‘jayinlaridan hujumchini olib qolishni so‘ragan.
Manbaga ko‘ra, klubning yangi sport direktori Richard Xyuz Muhammad Salohni jamoada uzoqroq muddat qolishga ko‘ndirish uchun u bilan uchrashuvga tayyorlanyapti.
Fikrlar