
“Liverpul” muxlislari uchun xushxabar!
"Liverpul" klubi hujumchi Diogo Jota bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 3 yildan keyin yakuniga etadi, shuning uchun "qizillar" portugaliyalik bilan uzoq muddatli bitim imzolashni maqsad qilgan, deb xabar beradi “Liverpool Echo” nashri.
Shuningdek, yangi kelishuvga ko‘ra, Jotaning maoshida sezilarli darajada o‘zgarish bo‘ladi.
“Liverpul”ga kelganidan keyin Jotaning o‘yinida ancha o‘sish bo‘ldi. U asta-sekin jahon miqyosidagi hujumchiga aylanib bormoqda”, - dedi mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp.
Futbolchi o‘tgan mavsumda “Liverpul”ning Premer liga doirasidagi 35 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 15 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar