"Liverpul" MYuning sobiq hujumchisini sotib olmoqchi

  • 23 aprel, 16:03
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning "Marsel" klubi hujumchisi Meyson Grinvud Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin. Bu haqida "TodoFichajes" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, 23 yoshli "Manchester Yunayted" sobiq hujumchini "Liverpul" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "Transfermarkt" Grinvudning narxini 35 million evroga baholamoqda. Uning frantsuz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda Meyson Frantsiya ligasida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!